Bo'limlar Ko'proq
Qabul bo’limi
Qabulxona boʼlimi kasalxonaning asosiy yordamchi boʼlimlaridan biri boʼlib hisoblanadi. Qabulxona boʼlimi bemorlarga oʼz vaqtida sifatli tibbiy xizmatni tashkil qilish, bemorlarni yotqizib davolashdagi tartiblariga rioya qilish tashkil qilgan.
Boʼlimda terapevtlar, jarroh, hamshiralar, navbatchi vrachlar va hamshiralar, navbatchi bogʼlov hamshiralar va felьdsherlar, navbatchi laborantlar faoliyat yuritadi. Boʼlim bemorlarni roʼyxatga olish joyi (vestibyulь), izolyator, muolajaxonasi, koʼruv xonasi, yuvinish xonasi, bogʼlovxonasi, tahlil xonadanlardan iborat.
Kasallar boʼlimlarga asosan maslahat poliklinikasi orqali yotqiziladi. Shoshilinch yordamga moʼtoj bemorlar boʼlim terapevti tomonidan koʼrilib tekshiriladi (elektrokardiagramma, UZI tekshiruvi, GFS, Rentgen tekshiruvi, qon, siydik tahlillari va b.) hamda kerakli yordam koʼrsatiladi. Tashxis qoʼyish qiyin boʼlgan bemorlarga kerakli mutaxassislar chaqirilib konsilium oʼtkaziladi.
Shuningdek yuqumli kasalliklarga gumon qilingan bemorlar izolyatorda tekshirilib, epidemiologik koʼchiruv brigadasi mashinasida yuqumli kasalliklar kasalxonasiga yuboriladi va yashash joyi hududiga qarab shahar yoki viloyat sanitar epidemiologik nazorat markaziga xabar beriladi. Yotqiziladigan bemorlar tibbiy registrator tomonidan kasallik tarixi yozilib yotqiziladi.
Аntropometriya xonasida tana harorati oʼlchanadi, boʼyi ogʼirligi oʼlchanadi, yuvinish xonasida sanitar ishlov berilgandan soʼng boʼlimlarga eltib qoʼyiladi.
Murojaat qilgan bemorlarga yordam koʼrsatish uchun muoloja xonasi mavjud. Unda shoshilinch yordam uchun kerak boʼladigan dorilar zahirasi, anafilaktik shokka qarshi ishlatiladigan dori-darmonlar tayyorlab qoʼyilgan.
Boʼlim terapevti va jarrohi tomonidan koʼriladigan bemorlarning asosiy qismi shoshilinch tibbiy yordam markaziga yoki tavsiya berilib ambulator sharoitda davolanishga yuboriladi.
Boʼlim jarrohi va navbatchi jarrohlar tomonidan bogʼlov xonasi ishi olib boriladi, unda operatsiyadan keyingi bemorlarga bogʼlamlar qoʼyiladi, birinchi jarrohlik ishlovi beriladi.