Bo'limlar Ko'proq
Reanimatsiya bo’limi
Bo'lim boshlig'i: Matqurbonov Olimboy Karimovich
Shifoxonada 1960 yillarda umumiy og’riqsizlantirish (anesteziya) shifokorlar Ramqulov Renat, Atajanov Bobojon, Sharipov Bobojon va Saparbaev Karimlar tomonidan amalga oshirilgan. 1970 yilda 10 o’ringa mo’ljallangan reanimatsiya bo’limi tashkil qilingan. Bo’limni 1970-1981 yillar Atajanov Bobojon boshqargan. SHu yillarda bo’limda Jumaniyazov Sa’dulla, Niyazmetov Masharip, Axmedov Rajabboy, Masharipov Omongaldi, Abduraximov Baxtiyorlar ishlagan. 1981-2013 yillar bo’limni Mirazaev Boltaboy boshqargan. Bu yillar bo’limda shifokorlar Atajanov Yusupboy, Eshchanov Baxodir, Alimov Baxtiyor, Bo’yazov Xudoyor, Boltaev Erkin, Ismoilova Ro’za, Tuxvatullina Ella, Salaeva Muborak, Quryazov Raimboy, Bo’ranov Maxmud, Xo’janiyazov Miraxmad faoliyat yuritgan. Bo’limda narkoz apparatlaridan polinarkon, narkon P,RO-3,RO-5,RO-6 mavjud bo’lgan. Asosan endotraxeal va vena ichiga, xamda peridural anesteziya amalga oshirilgan. 1984 yil bo’lim negizida Barokamera tashkil qilingan. Bo’limda Giperbarik oksigenoterapiya bilan ko’plab bemorlarni samarali davolangan. 2013 yildan bo’lim mudiri Matqurbonov Olimboy ishlab kelmoqda. 2014 yillarga kelib bo’limga zamonaviy narkoz-nafas apparatlari bilan ta’minlanishi yaxshilashdi. Bo’lim Germaniyada ishlab chiqilgan Fabius Plus narkoz-nafas apparatlari, Mindray, Shiller monitorlari, defibrilyatorlari bilan ta’minlandi. Xirurgiya bo’limlari yangi binoga ko’chib o’tgandan keyin, bo’lim Xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy Yedan patsient monitori , Dreger Savina O’SV (o’pka sun’iy nafas), Mindray Vato-65 narkoz-nafas ,Mindray defibrilyatori, KIM (KЩS), UTT, infuzion nasos apparatlari bilan ta’minlandi. SHu yili markazlashgan kislorod tizimi va kislorod stantsiyasi ishga tushirildi. Bugungi kunda bo’limda markazda bajariladigan yangi yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarida anesteziya yo’lga qo’yilgan. Jumladan uyqu arteriyalaridagi amaliyotlarda o’tkazgich (provodnikovaya) anesteziya to’liq yo’lga qo’yildi. Bemorni og’riqsizlantrishda zamonaviy monitoring usullaridan qo’llanilmoqda. Bo’limda Travmatologiya-ortopediyada yuqori texnologiyali jarroxlik amaliyotlarida (bo’g’imlarni total ednoprotezlash,BIOS) anesteziyalar amalga oshirilmoqda. Neyroxirurgiya bo’limida bosh miyada jarroxlik amaliyotlarida zamonaviy ko’p komponentli anesteziya va intensiv terapiya muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Markazimizda transplantologiyani rivojlantirish maqsadida bo’lim shifokori Yuldoshev SH Hindiston va Turkiya davlatlarida malakasini oshirib keldi. Bo’limda markazda bajariladigan yangi yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlaridan buyrak transplantatsiyasi bir yil davomida Akademik V.Vaxidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlari bilan birgalikda 16 ta amaliyot o’tkazilgan bo’lsa, shularda to’liq bo’lim shifokorlari tomonidan anesteziologik va amaliyotdan keyingi intensiv davo muolajalari amalga oshirildi. UTT nazorati ostida markaziy venalarni kateterizatsiya qilish yo’lga ko’yildi. UTT nazorati ostida bo’yin nerv chigallarini blokada qilish yo’lga qo’yilmokda. Bo’lim oldiga qo’ygan maqsadi anesteziya jarayonida sedatatsiya va anesteziyani nazorat qilish, anestetiklarni tejash maqsadida BIS –montoringni yo’lga qo’yish. Nerv chigallarini blokada qilishda neyrostimulyatorda foydalanishni joriy qilish. Zamonaviy sevoflyuran anestetikini kengroq qo’llash. Jigar transplantatsiyasida anesteziya bo’yicha 1 nafar shifokorni xorijda malakasini oshirish.