Bo'limlar Ko'proq
Otorinolaringologiya bo'limi (LOR)
Hozirda markaz LOR boʼlimi vrachlari MDH mamlakatlarining Moskva, Kiev, Sankt-Peterburg, Qozon shaharlarida malakalarini oshirib kelib, zamonaviy konservativ davo muolajalari, LOR aʼzolari traditsion operatsiyalari bilan bir vaqtda jahon tibbiyot standartlari talabiga javob beruvchi endoskopik rinosinusoxirurgiya va rinoplastika amaliyotlarini muvaffaqiyatli bajarib kelmoqdalar.
LOR boʼlimida kasalliklarni zamonaviy standartlar asosida davolash yoʼlga qoʼyilgan:
LOR aʼzolari kasalliklarini diagnostikasi va davolash;
Burun va burun yondosh boʼshliqlari kasalliklarini konservativ va operativ davolash;
Quloq kasalliklarini konservativ va operativ davolash;
Hiqildoq va halqum kasalliklarini konservativ va operativ davolash;
Yuqori texnologik operatsiyalar (burun va yondosh boʼshliqlarida endoskopik operatsiyalar);
Plastik (estetik) xirurgiya (tashqi burun va quloq suprasi deformatsiyalari).
Boʼlim ilmiy yoʼnalishi:
Burun va yondosh boʼshliqlarida endoskopik operatsiyalar;
DTsRning zamonaviy davolash choralari;
Quloq sanatsiyalovchi operatsiyalarini takomillashtirish;
Endoskopik laringoxirurgiya.
Boʼlim mutaxassislari mijozlarni jarrohlik yoʼli bilan davolashda boy tajribaga egadirlar, shu jumladan:
Burun va yondosh boʼshliqlari endomikrorinosinusoxirurgiyasi (burun va yondosh boʼshliqlari poliplari, kistalari va yiringli kasalliklarida);
Quloqda sanatsiyalovchi va rekonstruktiv operatsiyalari (oʼrta quloq yiringli kasalliklarida);
Plastik operatsiyalar (tashqi burun va quloq suprasi deformatsiyalarida);
Hiqildoq operatsiyalari (ovoz boylamlari kistalari, fibromalari va poliplarini olish).