Bo'limlar Ko'proq

Neyroxirurgiya bo'limi

Bo'lim boshlig'i: Ro'zmetov Baxrambek Shanazarovich

1970 yilgacha Xorazm viloyatida neyroxirurgiya xizmati xirurg va travmatologlar tomonidan olib borilgan.

1970 yilda Xorazm viloyatida  1-son viloyat klinik shifoxonasida travmatologiya bo’limida neyroxirurgik bemorlar uchun 20 koyka ajratilgan.

1973 yilda 25 o’ringa mo’ljallangan neyroxirurgiya bo’limi  1-son viloyat klinik  shifoxonasida faoliyat yuritib bo’lim Madraximov S.M boshchiligida tashkil etilgan. Bo’limda  vrach ordinator O’rinov J.U bilan birgalikda  1987 yildan Eshchanov B.S bilan birgalikda olib borgan.

1994 yilda bo’limga Eshchanov B.S bo’lim mudiri etib tayinlangan. Bo’lim 35 o’ringa mo’ljallangan. Xorazm viloyatida neyroxirurgiya xizmati  xozirgi kunda Xorazm viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi  neyroxirurgiya bo’limida 30 o’ringa, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi  Xorazm filialida  neyrotravmatologiya tarkibida 15 o’ringa, Xorazm viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi bolalar ortopediyasi bo’limi tarkibida 6 o’rin faoliyat olib bormoqda.

50 yil davomida Xorazm Viloyati ko’p tarmoqli tibbiyot markazi tarkibida neyroxiruriya bo’limi axoliga malakali neyroxirugik  xizmatini bajarib kelmoqda.

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti SH.M.Mirziyoev rahbarligida  2020 yil 6 noyabr kuni kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan  videoselektor yig’ilishining 88-sonli majlis bayoni  27-bandi ijrosini va  O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligining 2020 yil 15 dekabrdagi 338-sonli “Hududiy sog’liqni saqlash muassasalarida ixtisoslash tirilgan tibbiy yordam ko’rsatishni qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi va  Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining  12.05.2021 yil   № 52  buyrug’ini  buyruqlarini bajarish maqsadida

20.05.2021 yildaRespublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining  Xorazm viloyatida mintaqaviy (hududiy) filiali  tashkil etildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining  Xorazm viloyatida mintaqaviy (hududiy) filiali  direktori etib oliy toifali vrach neyroxirurg B.SH.Ruzmetov  tayinlandi.

MEHNAT FAOLIYaTI

1988-1994 yy. - Toshkent Davlat  tibbiyot  instituti talabasi

1994-1995 yy. – 1 son Xorazm viloyat klinik shifoxonasida reanimatsiya bo’limida internatura

1995-1998 yy.-  1 son Xorazm viloyat klinik shifoxonasida reanimatsiya bo’limida  anesteziolog reanimatolog

1998y y. -  h.v.  – Xorazm  viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi  neyroxirurgiya bo’limi  vrach neyroxirurg va  2020 yil noyabridan bo’lim mudiri

 

Bo’lim malakali yuqori texnologik  tibbiy  yordam ko’rsatishga mo’ljallangan.