Bo'limlar Ko'proq

Maslahat tashxislash markazi

Diagnostika bo’limi.

     Diagnostika bo’limi ko’p tarmoqli tibbiyot markazi qoshida tashkil topgan. Bo’limda 12 xil tekshiruv usullari bo’lib bulardan :     Ultratovush ko’rigi, exokordiografiya ya’ni yurak  qon tomirlar tekshiruvi,  dopler- oyoq va qo’l tomirlari tekshiruvi, bo’yin tomirlari dopleri. Yangi hayotga tadbiq etilgan tekshiruvlardan “elastografiya fibraskan” tekshiruvlari bor.

     Elastografiya – Viloyat bo’yicha yagona tekshiruv xisoblanadi.

Bulardan tashqari bo’limda  exoentsefalografiya-ya’ni bosh miyada bosim borligini aniqlab beradi, yana elektroentsefalografiya( tutqanoq kasalligi) bor yuqligini, miyada qon aylanish sistemasining buzulishini aniqlab beradi.

    Bizda yana Endoskopiya va kolonoskopiya kabinetlari mavjud bo’lib, ularda oshqozon,qizil o’ngach,12barmoq ichak va yo’g’on ichak yaralarini,o’smalari va qizarishlarini aniqlab beradi.

    Bo’lim yana sutkalik Xolter monitori bilan  jixozlangan- bunda bemorga elektrodni o’rnatib uyiga yuboramiz, bir sutkada pul’s sonini aniqlab turadi va ertasiga komp’yuter orqali tashxisini aytib beramiz.

SHuningdek SMAD apparati esa sutka davomida bemorni qon bosimini avtomatik ravishda aniqlab turadi.

Bundan tashqari bo’limda Veloergometriya metodikasi bo’yicha yurakda yashirin toj qon tomirlarda yetishmovchilik bor yo’qligini ya’ni stenokardiya bormi yuqmi aniqlab beradigan usullar bilan tashxis qo’yilmoqda.

   Bo’limda oshqozon va ichakni yuvish yoki duodenal zondlash yo’lga qo’yilgan.  O’tni A.V.S portsiyalari olinib laboratoriyaga topshiriladi.

   Bo’limda mohir o’z kasbining ustalari bemorlarga xizmat ko’rsatishmoqda.

*Bo’lim boshlig’i t.f.nomizodi Djumaniyazova Kamila Raximovna.

40 yillik stajga ega.

*Matkarimov Erkin-Viloyat endoskopistlarning bosh mutaxasisi.

*Ibragimova Sayyora- Oliy toifali, 35yillik stajga ega

* Abduraxmanov Davronbek-oliy toifali UTT shifokori

* Usmanov Umarbek –oliy toifali kardiolog.

* Djumaniyazova Zulfiya- oliy toifali ExoEs shifokori.

* Aminova Barno- oliy toifali lobarant shifokori.