Bo'limlar Ko'proq
Gematologiya bo’limi
Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy amaliy
tibbiyot markazi-Xorazm viloyat filiali tarixi.
Terapiyaning gematologiya soxasi XX- asrning 70 –yillarigacha ixtisoslashtirilmagan bo’lib, gematologik bemorlar viloyat shifoxonasi tashkil qilingandan keyin terapiya bo’limlariga yotqizilib, umumiy terapevtlar tomonidan davolanib kelingan. SHifoxona yangi binoga ko’chib o’tgandan keyin 100 o’ringa 2 ta terapiya bo’limi tashkil qilinib, ular 1971 yilgacha “birinchi” va “ikkinchi”terapiya bo’limi deb nomlandi. Ikkinchi bo’limda gastroenterologik va gematologik kasalliklar bilan og’rigan bemorlar yotqizilib davolangan. Qon kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni Kim Tatьyana, Kuyanova Lyudmilalar davolab kelganlar. 1970 yilda Novosibirisk Davlat tibbiyot oliygoxini tamomlab kelgan Sultanova Valentina Vasilьevna shifokor terapevt sifatida viloyat shifoxonasiga yuborilgan. Valentina Vasilьevna o’ziga terapiyaning gematologiya soxasini tanlab, 1971 yildan boshlab gematologik bemorlarni davolash soxasida faoliyat ko’rsata boshladi. 1972 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish oliygoxida gematologiya soxasidan 4 oylik tayyorgalikdan, 2000yilgacha Toshkent, Sank-Peterburg oliygoxlarida 8 marotaba gematologiya soxasidan malaka oshirib kelib, viloyat sog’liqni saqlash soxasida birinchilar qatori gematologiya soxasidan yetuk mutaxasislar qatoridan o’rin olib, oliy toifali gematolog darajasiga erishgan. Ikkinchi terapiya bo’limi tarkibida 1972 yildan gematologik bemorlar uchun 20 ta ixtisoslashgan o’rinlar ajratilgan. 1981 yil 5 qavatli 270 o’rinli terapiya kasalliklari korpusi ishga tushgan va beshinchi qavatda maxsus 40 o’rinli mustaqil bo’lim tashkil qilingan. Bo’limga Sultanova Valentina Vasilьevna mudirlik qilgan va shifokor gematolog Yusupova Dilorom Sobirovna bilan birga shu bo’limda faoliyat ko’rsata boshlaganlar. Bo’limda barcha gematologik kasallikka chalingan bemorlarga yetuk mutaxasislar tomonidan malakali tibbiy xizmat ko’rsatilgan. Yusupova Dilorom Sobirovna 1981 yildan 2002 yilgacha gematologiya soxasida faoliyat ko’rsatib, 2002 yildan Urganch Davlat universitetining profilaktoriyasi bosh shifokori lavozimiga ishga o’tkazilgan. 1985 yilda Jabborova Gulbaxor Bekchanovna Toshkent davlat tibbiyot institutining 2-davolash fakulьtetini tamomlab, viloyat shifoxonasiga internaturaga keladi va 1986 yil internaturani tugallab, viloyat shifoxonasi gematologiya bo’limida ish faoliyatini boshlagan. 2004 yildan 2018 yilgacha viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi Gematologiya bo’limi mudiri lavozimida ish faoliyatini davom qildirgan. Faoliyati davomida 2014 yil Sog’liqni saqlash a’lochisi ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. 2018 yildan gematologiya bo’limida yosh gematolog Jumaboeva Marg’uba Umrbekovna mudiralik faoliyatini boshlagan. Marg’uba Jumaboeva 2002 yil Toshkent avlat tibbiyot instituti Urganch filialini davolash fakulьtetini tugallab, Respublika Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida 2 yil klinik ordinaturani o’tib, 2006 yildan viloyat shifoxonasida gematologiya bo’limida shifokor ordinator bo’lib ish faoliyatini boshlagan. SHu paytlarda bo’limda dori ta’minoti yetarli bo’lmagan , bu esa onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarni to’liq davolanishi uchun yetarli imkoniyat bermagan. Oxirgi 6 yilda Gematologiya soxasiga shaxsan yurtboshimiz katta e’tibor qaratdilar. SHaxsan Prezidentimiz soxaga oid bir necha qarorlarni imzoladilar. SHularga asosan Gematologiya bo’limi 2020 yil mart oyidan Viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Xorazm viloyat filiali sifatida faoliyat ko’rsata boshladi. SHu bugungi kungacha yiliga mingdan ortiq gematologik kasalliklarga chalingan bemorlar davolanib, shifo topmoqdalar. Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi-Xorazm viloyat filiali nafaqat kamqonliklar, onkogematologik va davolash qiyin bo’lgan gematologik kasalliklarga chalingan bemorlarga xizmat ko’rsatadi. Asosan xozirgi kunda onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlar yangi zamonaviy davolash protokollari asosida davolanadi. Oldinlari onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlar uzoq vaqt yashash imkoniyatiga ega bo’lmagan. Xozirgi kunga kelib onkogematologik va davolash qiyin bo’lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni 60-70% ida remissiya olishga erishilmoqda. Oldingi paytlarda leykoz kasalligi bilan og’rigan yosh-o’smir qizlarni turmushga chiqishi u yoqda tursin, davolash imkoni bo’lmagan. Xozirgi paytda bu kasallikdan to’liq tuzalib, turmushga chiqib, farzand ko’rayotgan qizlarimiz qancha. 2023 yil fevral oyida viloyatimizda ilk bor “O’tkir leykoz” kasalligidan tuzalgan bemorimizda chanoq-son bo’g’imini endoprotezlash amaliyoti o’tkazildi. Surunkali mieloleykoz va surunkali limfoleykoz kasalligiga chalingan bemorlarda bemalol turli xil operatsiyalar (xoletsistektomiya, exinokokektomiya, churralarni olish amaliyotlari va x) amalga oshirilmoqda. Davlatimiz raxbari topshirig’i bilan 2023 yil fevral oyida Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida o’zak xujayrasini allogen transplantatsiyasi o’tkazila boshlandi. Bunday autologik va allogen transplantatsiyalarni keyinchalik viloyatda xam o’tkazish rejalashtirilgan. Filialimizda xozirgi kunda 3 nafar shifokor ordinator-Jabborova Gulbaxor Bekchanovna, Matkarimova SHirin Ismoilovna, Qudasheva Nazokat Bozorboevnalar qo’li gul xamshiralar o’z ish faoliyatini olib bormoqdalar. 2022 yildan boshlab, xamshiralarimiz xam shifokorlarimiz qatori Respublika ixtisoslashtirilgan Gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida stajirovka o’tib kelmoqdalar. Bu o’z kasbini chuqur o’rganishga yana bir imkoniyatdir.