Bo'limlar Ko'proq

Torakal jarroxlik bo`limi

Torakal va endojarroxlik bo’limi tarixi.

Torakal va endojarroxlik bo’limi xozirgi vaqtda 30 o’ringa mo’ljallangan. Bu bo’lim dastlab 1995 yilda professor Yangiboev Zeribbay Radjapovich tomonidan viloyat klinik shifoxonasida endoxirurgiya bo’limi nomi bilan tashkil qilingan bo’lib  u vaqtda 20 o’ringa mo’ljallangan. SHu vaqtda yaьni 1995 yilda Viloyatimizda birinchi bo’lib endoskopik operatsiyalar yo’lga qo’yilgan ( Respublikamiz bo’yicha birinchi laparoskopik xoletsistektomiya V.Voxidov nomli ilmiy xirurgiya markazida 1994 yilda qilingan, Viloyatimiz bo’yicha VKTTM torakal va endoxirurgiya bo’limida 1995 yilda qilingan). Endoxirurgiya bo’limi 2008 yil Torakasosudistiy xirurgiya nomiga o’zgartirildi. 2009 yil aprel oyidan torakal xirurgiya bo’limi qilib o’zgartirildi. 2022 yil V.Voxidov nomli respublika ilmiy xirurgiya markazi mintaqaviy filiali tashkillashtirilganligi munosabati bilan torakal va endojarroxlik bo’limi nomi o’zgartirildi. Xozirgi vaqtda bo’lim xar tomonlama rivojlanib bo’limda ilgari qilinmagan laparoskopik tsistektomiya, jigardan laparoskopik exinokokkektomiya, laparoskopik adrenalektomiya, torakoskopik lobektomiya amaliyotlari yo’lga qo’yilgan professor Yangiboev Zeribboy Radjapovich tashabbusi bilan. Bo’lim mudiri va xodimlari kelajakda yangidan xali viloyatimizda xali qilinmagan endoskopik operativ turlari yaratish ustida ish olib borilmoqda.

Torakal va endojarroxlik bo’limida quyidagi kasalliklar davolanishi mumkun

O’pka exinokokkozlari

O’pka abstsesslari

Plevritlar

Pnevmatoraks

Gematoraks

O’pka atelektazi

O’pkaning bronxoektaz kasalliklari

O’pkaning bullyoz kasalligi

O’t tosh kasalligi

Xoledoxolitiaz

Mexanik sariklik

Jigar abstsesslari

Jigar exinokokkozlari

Oshkozon  va 12 barmokli ichak yara kasalliklari va asoratlari.

Talok va oshkozon osti bezi exinokokkozlari.

Pankreatit va pankreanekroz

Ichak tutilishlari ( neproxodimost kishechnika).

Buyrak usti bezi kistalari

Tuxumdon kistalari

Bachadon miomasi

Qorin old devori churralari

Kindik churrasi

CHov kanali churralari

Operatsiyadan keyingi qorin old devori, kindik, chov kanali churralari