Bo'limlar Ko'proq
Intensiv terapiya
Intensiv terapiya bo’limi xaqida ma’lumot.
«Intensiv terapiya» bo’limi VKTTM terapiya bloqini 4-chi qavatida joylashgan bo’lib 10 o’ringa mo’ljallangan.(5 post, 2 o’rindan). Bo’limni foydalanish maydoni 240 kv. m. atrofida. Bo’lim VM ni 2008 y 18-mart kuni qabul qilingan №48-sonli qarori asosida faoliyat ko’rsatib kelmokda. Bo’lim o’z faoliyatini 2009 y 13 aprelь kuni boshlagan. Bo’limda 5-ta shifokor, 46 ta xamshira va 22 nafar kichik tibbiy xodimlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bo’limda asosan barcha terapiya bo’limlaridagi og’ir yotgan bemorlar xamda qabulxona va poliklinika bo’limlariga murojaat qilib kelgan og’ir bemorlar davolanib kelmokda. Bu bemorlarga to’g’ri tashxis qo’yishda xamda davolashda SSV tomonidan tasdiqlangan standartlarga amal qilib kelinmokda. Bo’lim faoliyatida eng ko’p uchrayotgan og’ir bemorlar: Gipertoniya kasalligini turli bosqichlari, bosh miyada qon aylanishining o’tkir buzilishlari, YuIK, Surunkali o’pka obstruktiv kasalligi, jigar tsirrozi kasalligini asoratlari (jigar entsefalopatiyasi, jigar komasi, ichki qon ketishi,),og’ir nefrologik, revmotologik va gemotologik bemorlar. Bo’lim o’z ish faoliyatida SSV, Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi xamda ma’muriyat tomonidan tasdiqlangan buyruqlar va qarorlarga amal qilib kelmokda.
Bo’limdagi kadrlar masalasi:
- SHifokorlar:
- Raximov Sarvar Rajabboevich-bo’lim mudiri, oliy toifali kardiolog.
- Xudayberganov Quvondiq Kaxramonovich- katta ordinator shifokor, kardioreanimatolog.
- Ro’zimatova SHoira Qodirovna-nevrolog, oliy toifali shifokor.
- Nurmetova Sadoqat Rajabboevna-pulmonolog, 1 toifali shifokor.
- Usmanov Umar Raxmatullaevich-reanimatolog ,1 toifali shifokor.
- O’rta tibbiet xodimlari:
Jami soni-46 ta o’rta tibbiyot xodimi, shundan 36 tasi xozir ishlab turibdi, 10 ta o’rta tibbiyot xodimi tug’ruq ta’tilida.
- Kichik tibbiyot xodimlari:
Jami soni 22 ta, shundan xozir 21 tasi ishlab turibdi, 1 tasi tug’ruq ta’tilida.