Yangiliklar
Xorazmda ilk bor buyrak usti bezi o'smasi laparoskop yordamida bartaraf qilindi
Xorazm viloyatida yangi davolash usullari amaliyotga keng tatbiq qilinmoqda. Oʼtgan kuni buyrak koʼchirib oʼtkazish amaliyoti ilk bor laparoskop yordamida amalga oshirilgan edi. Kecha yana bir yangilikka qoʼl urildi. Viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markazida buyrak usti bezi oʼsmasi kaminvaziv usulda bartaraf qilindi. V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi malakali shifokorlari koʼmagida viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markazining mahoratli jarrohlari ikki nafar bemorda bunday amaliyotni muvaffaqiyatli bajardilar.