Yangiliklar

Equipment 547 16 Feb 2023

Malaka toifasini berish tizimi mutlaqo yangicha formatda yoʼlga qoʼyiladi

Sogʼliqni saqlash vazirligining navbatdagi Hayʼat yigʼilishida taʼkidlab oʼtilganidek:

 Malaka toifasini berish tizimi 2023 yil 1 apreldan boshlab mutlaqo yangicha formatda yoʼlga qoʼyiladi.

 Ushbu tizim bosqichma-bosqich transformatsiya yoki reabilitatsiya qilinadi.

Bunga koʼra:

 talabgorlarning hujjatlari onlayn qabul qilinadi;

 talabgorning malaka talablariga muvofiqligi, nazariy bilimlari va amaliy koʼnikmalari 3 bosqichlik tizimda baholanadi;

 inson omilini kamaytirish va korruptsion xavflarni barataraf etish maqsadida sinov jarayonlari ham onlayn tarzda olib boriladi;

 tizimda faoliyat yuritayotgan rahbar kadrlarni sogʼliqni saqlashni boshqarish yoʼnalishida tibbiyot diplomatiyasiga oʼqitish tashkil etiladi.