Yangiliklar

Equipment 568 13 Feb 2023

Xorazm, Fargʼona va Samarqand viloyatlarida radioterapiya markazlari tashkil etiladi

Yurtimiz sogʼliqni saqlash tizimida xususiy sektor ulushi yildan yilga ortib bormoqda. Bu esa sohada sogʼlom raqobatni taʼminlash orqali tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish imkonini berayotir.

 Аytish kerak, keyingi yillarda mamlakatimizda xususiy tibbiyot muassasalariga bojxona imtiyozlari uzaytirildi, ulardan undiriladigan majburiy turistik yigʼim bekor qilindi, chet eldan mutaxassislarni jalb etish soddalashtirildi.

 Natijada xususiy tibbiyot muassasalari soni 8300 taga yetdi.

 Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi bilan 29 ta xususiy tibbiyot muassasasi shartnoma asosida ish boshladi va 3 mlrd. soʼmlik tibbiy xizmat koʼrsatdi.

 Аytish kerak, 2023 yildan boshlab, ushbu yoʼnalishda bir qator yangiliklar kutilmoqda.

Unga koʼra:

 xususiy klinikalarni litsenziyalashda toʼlanadigan boj va yigʼim miqdori hujjatlarni koʼrib chiqish bilan bogʼliq xarajatlardan kelib chiqqan holda tabaqalashtiriladi.

 litsenziya shartlariga raqamlashtirish va dori vositalari taʼminotiga doir talablar kiritiladi.

Xabaringiz bor, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Nukus shahrida 150 nafar, Xorazm viloyatining Urganch va Bogʼot tumanlarida 250 nafar, Toshkent shahrida esa 700 nafar bemorga xizmat koʼrsatuvchi 4 ta yangi gemodializ markazi faoliyati yoʼlga qoʼyilgan edi.

 Endilikda davlat-xususiy sheriklik asosida xalqaro standartlar boʼyicha Samarqand, Fargʼona va Xorazm viloyatlarida nurli (radio) terapiya markazlarini tashkil qilish ishlari boshlanadi.

 Qolaversa, Toshkent viloyati Nurafshon shahrida zamonaviy koʼp tarmoqli tibbiyot shaharchasini barpo etishga kirishiladi.

Shuningdek:

 Singapur bilan hamkorlikda Toshkent shahri, Fargʼona va Samarqand viloyatlarida davlat-xususiy sheriklik asosida reproduktiv markazlari tashkil qilinadi.