Yangiliklar

Equipment 524 01 Feb 2023

Koʼp tarmoqli tibbiyot markazimizda noyob jarrohlik amaliyotlari yoʼlga qoʼyildi.

Koʼp tarmoqli tibbiyot markazimizda buyrak koʼchirib oʼtkazish amaliyoti tizimli yoʼlga qoʼyildi. Yaqinda xivalik 33 yashar Baxtiyor Madrimovda ana shunday amaliyot muvaffaqiyatli bajarildi. Ushbu amaliyot mablagʼlari davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan qoplab berildi. Oʼng tomonlama uyqu arteriyassi 80 foiz torayishi tashxisi bilan jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan 67 yashar M. Hayitboeva, chap tomonlama endoprotezlash operatsiyasi oʼtkazilgan 46 yashar M. Rahimovalar ham oʼzlarini yaxshi his qilayotganliklarini bildirdilar. Ushbu amaliyot ham davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan oʼtkazilgani, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvarlik siyosatining oliy namunasidir. - Jarrohlik aralashuvlari bemorlarni ogʼir asoratli xastaliklardan forigʼ qilishda muhim sanaladi. Shu bois 2023 yilda 3 ming nafar bemorda yuqori texnologiyali amaliyotlar oʼtkazilishi rejalashtirildi. Ushbu amaliyotlarning aksariyati zamonaviy metodlarni qoʼllagan holda kaminvaziv tarzda bajariladi. Raqamlar asosida tahlil qiladigan boʼlsak, yurak tugʼma nuqsonli bemorlarga 30 ta okklyuder implantatsiyasi, 200 ta endoprotezlash, 1000 ta laparoskopiya, 1750 ta stentlash, shuntlash hamda endovaskulyar amaliyotlar oʼtkazilishi belgilangan.