Yangiliklar

Equipment 539 19 Aug 2023

Toshkent shaxridan shifokorlar Xorazm viloyatiga tashrifi

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidan Shomsimedov Dilshod Fayzaxmadovich va Saidiaxmadxanov Saidaziz Saydinurmanxonovichlar viloyatimizga keldilar. Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi travmatologiya va ortopediya bo‘limida chanoq- son bo‘g‘imida muammosi bor ko‘plab bemorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va zarur tavsiyalar berildi. Shu yerning o‘zida markazimiz shifokorlari uchun maxorat darslari tashkil qilindi va maxalliy shifokorlar bilan birgalikda 2 ta bemorda endoprotez qo‘yish amaliyoti bajarildi.