Yangiliklar
VKTTM da navbatdagi buyrak ko`chirib o`tkazish amaliyoti o`tkazildi.
Viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazida navbatdagi buyrak ko’chirib o’tkazish amaliyoti o’tkazildi. Viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazida V. Voxidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi malakali shifokori bilan xamkorlikda markazimizda kuni kecha 2 ta bemorda buyrak ko’chirib o’tkazish amaliyoti o’tkazildi. Xozirda 2 ta bemor va donorlar axvoli yaxshi.