Yangiliklar
Tibbiy maʼlumotnomalar toʼliq elektron shaklga oʼtkaziladi
“2022–2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʼgʼrisida”gi Prezident farmoniga koʼra, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalar berilishi bosqichma-bosqich elektron shaklga oʼtkaziladi.
Bunda:
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalarni berish Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida — 2023 yil 1 iyuldan boshlab;
Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida — 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab, respublikaning boshqa hududlarida — 2024 yil 1 yanvardan boshlab elektron shaklga oʼtkaziladi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalarni qogʼoz shaklda talab qilish taqiqlanadi.
2023 yil 1 iyuldan boshlab Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlari joriy etiladi.
2023 yil yakuniga qadar nogironligi boʼlgan shaxslarni ambulator va statsionar sharoitda bepul tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya choralari bilan qamrab olish koʼlami 30 ming nafarga yetkaziladi.