Yangiliklar

Equipment 477 31 Jul 2023

"O`qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi” doirasidagi tadbirlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Oʻqituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Tuproqal`a, Xiva va Yangibozor tumanlari tibbiyot birlashmasiga qarashli ko`p tarmoqli markaziy poliklinikada fidoyi kasb egalarini chuqurlashtirilgan tibbiyoty ko`rikdan o'tkazildi.
Viloyat markazidan borgan malakali mutahassislar ustozlar sog'lig`ini ko`zdan kechirib, tashhis qo'ydilar va zarur tavsiyalar berdilar. Mobil mammografik, oftalmolog ko'riklar o'tkazildi. EKG, UTT, laboratoriya tahlillari amalga oshirildi.