Yangiliklar

Equipment 517 16 May 2023

Buyrak usti bezi o`smasi laparoskop yordamida olindi

XORAZMDA ILK BOR BUYRAK USTI BEZI O’SMASI LAPAROSKOP

YoRDAMIDA BARTARAF QILINDI

Xorazm viloyatida yangi davolash usullari amaliyotga keng tatbiq, qilinmoqda. O’tgan kuni buyrak ko’chirib o’tkazish amaliyoti ilk bor laparoskop yordamida amalga oshirilgan edi. Kecha yana bir yangilikka qo’l urildi. Viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazida buyrak usti bezi o’smasi kaminvaziv usulda bartaraf qilindi. V. Voxidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi malakali shifokorlari ko’magida viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazining maxoratli jarroxlari ikki nafar bemorda bunday amaliyotni muvaffaqiyatli bajardilar. Xozirda xar ikki bemorning xolati yaxshi.