Yangiliklar

Equipment 488 06 Mar 2023

Kuniga 11 daqiqa piyoda yurish erta oʼlim xavfini 10 foizga kamaytiradi

Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti olimlari kuniga 11 daqiqa davomida oʼrtacha intensivlikdagi jismoniy faollik insonlarda erta oʼlim xavfini 10 foizga kamaytirishini aniqladi.

 Buning uchun mazkur yoʼnalishda oʼtkazilgan 196 ta tadqiqot natijalari oʼrganib chiqildi. Yakunda haftasiga 75 daqiqa piyoda yurish oʼlim xavfini 10 foizga, yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimolini 5 foizga pasaytirishi maʼlum boʼldi.

 Shuningdek, yuqoridagi davomiylikda yayov yurganlar saraton xastaligiga chalinish xavfidan 3 foiz koʼproq himoyalanadi, degan xulosaga kelindi.

Tadqiqotchilarning tavsiya qilishicha, ishxona, maktab, kollej va universitetlarga piyoda yoki velosipedda borishni odat qilish lozim. Qolaversa, kundalik hayot tarziga oʼzimizga yoqadigan jismoniy mashgʼulotlarni kiritish katta samara beradi.