Yangiliklar
SSV: Bir kecha-kunduzda yurtimizdagi shoshilinch tibbiy yordam muassasalariga 975 nafar bemor yotqizildi
Joriy yil 23 yanvarь ertalabki soat 08:00 dan 24 yanvarь 08:00 gacha Sogʼliqni saqlash vazirligida tashkil etilgan Shtabga quyidagi maʼlumotlar kelib tushdi.
“103” xizmati:
2 757 ta tibbiyot brigadasi faoliyat koʼrsatdi.
“Tez yordam”ga 32 419 ta chaqiriq kelib tushdi.
Eng koʼp chaqiriqlar:
Fargʼona viloyati — 4 051 ta,
Toshkent shahri — 3 389 ta,
Аndijon viloyati — 3 147 ta,
Toshkent viloyati — 3 134 ta,
Surxondaryo viloyati — 3 090 ta.
Shu vaqt davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallariga 3 264 ta murojaat kelib tushdi.
Bemorlardan 975 nafari gospitalizatsiya qilindi.
Sutka davomida jami 2 281 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ulardan:
1 223 nafari — oʼgʼil;
1 058 nafari — qiz.
Ushbu goʼdaklardan 30 nafari — egizak.
Eng koʼp tugʼuruq qayd etilgan hududlar:
Qashqadaryo viloyati — 243 nafar,
Fargʼona viloyati — 238 nafar,
Surxondaryo viloyati — 225 nafar,
Samarqand viloyati — 215 nafar,
Namangan viloyati — 203 nafar.