Yangiliklar

Equipment 568 25 Jan 2023

Prezident qarori: Markaziy poliklinikalar tarkibida ftiziopulьmonologiya boʼlimlari tashkil etiladi

“2023–2026 yillarda ftiziatriya va pulьmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident qaroriga koʼra:

 tuman (shahar) koʼp tarmoqli markaziy poliklinikalar tarkibidagi ftiziatriya boʼlimlari va xonalari negizida ftiziopulьmonologiya boʼlimlari tashkil etiladi;

 viloyat koʼp tarmoqli tibbiyot markazlaridagi bosh pulьmonolog shtatlari hududdagi ftiziatriya va pulьmonologiya markazlariga oʼtkaziladi;

 tungi uyqu sifati va nafas olish funktsiyasi buzilishlarini tashxislash va davolash maqsadida “Uyqu apnoe” markazlari tashkil qilinadi.

 2023 yildan har yili:

 latent tuberkulyoz infektsiyasiga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha;

 latent tuberkulyoz infektsiyasiga chalingan shaxslarni davolash qamrovi 21 ming nafargacha;

 tuberkulyoz mikobakteriyasini bir vaqtning oʼzida 1- va 2-qator tuberkulyozga qarshi dori vositalariga rezistentlikni aniqlaydigan tezkor gen-molekulyar tashxislash qamrovi 120 ming nafargacha;

 tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarni dori vositalari bilan taʼminlash 18 ming nafargacha yetkaziladi.
2023 yil 1 martgacha:

 tuberkulyoz bilan kasallanishga moyilligi boʼlgan xavf guruhiga mansub shaxslar roʼyxati tuziladi;
 Ftiziatriya kasalliklarining yagona elektron reestri ishlab chiqiladi.

 “Oʼpka salomatligi” mobil brigadasi doirasida olis, chekka, ekologik jihatdan noqulay hududlarda yashovchi aholiga bepul tibbiy koʼrik doirasida skrining tadbirlari oʼtkaziladi.