Yangiliklar

Equipment 519 25 Jan 2023

Prezident qarori: Nikohlanuvchilarni OIV boʼyicha tibbiy koʼrikdan oʼtkazish jarayoni elektronlashtiriladi

“Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq:

 nikohlanuvchi shaxslarni OIV infektsiyasi boʼyicha majburiy tibbiy koʼrikdan oʼtkazish jarayonini elektron tizim orqali amalga oshirish yoʼlga qoʼyiladi;

2023 yil 1 iyungacha Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida;

 2023 yil yakunigacha boshqa hududlarda FHDYo organlari va tegishli tibbiyot muassasalari oʼrtasida elektron hamkorlik tashkil qilinadi.

 2023 yil yakunigacha OIV infektsiyasi aniqlangan holatlar monitoringini taʼminlash, real vaqt rejimida preparatlar va diagnostikumlarning harakatlanishini kuzatib borish imkonini beruvchi elektron axborot tizimi yaratiladi.