Yangiliklar
ВКТТМ да навбатдаги буйрак кўчириб ўтказиш амалиёти ўтказилди.
Xorazm Viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan mustaqil ravishda viloyatda ilk marotaba buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti o‘tkazildi.
Xorazm viloyat Ko`p tarmoqli tibbiyot markazi qon tomir xirurgiyasi bo’limi qon tomir xirurgi M. Sobirov boshchiligidagi jamoa tomonidan mustaqil ravishda Viloyatimizda ilk marta buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti amalga oshirildi.
Ushbu muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotlari Muhtaram Prezidentimizning tibbiyot sohasida amalga oshirayotgan keng qamrovli islohotlarining yorqin ifodasi bo‘lib, yurtimizda yuqori texnologik tibbiy xizmatlarning rivojlanayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa, viloyat va tumanlarda yuqori malakali tibbiy xizmatlarning joriy qilinishi xalqning sog‘lom turmush tarzini taʼminlashga xizmat qilmoqda.