Yangiliklar

Equipment 258 10 May 2025

9 may Xotira va qadrlash kuni

9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan VKTTM da ko‘p yillardan beri xalqimiz sog‘liqini tiklashda xizmat qilgan o‘z davrida xorazm tibbiyotiga katta xissa qo‘shgan, marxum fahriylarimiz, marxum fidoyi shifokorlarimizni  bayram munosabati bilan  eslab, xotirlab, Markazimiz raxbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi, Adolat social demokratik partiyasi bilan xamkorlikda marxum shifokorlarimiz xotirasiga bag‘ishlab futbol turniri o‘tkazildi. Turnir terapiya va xirurgiya yonalishidagi shifokorlarimiz o‘rtasida o‘tkazildi. Turnirda do‘stlik g‘alaba qozondi. Ishtirokchilarni tabriklab,  esdalik sovg‘alari topshirdilar va marhumlarimiz xaqiga duo qilindi. Turnir tashkilotchilariga markazimiz raxbariyati, Adolat social demokratik partiyasi va kasaba uyushmasi qo‘mitasiga va shifokorimiz Sobirov Baxodir Sharipovichga aloxida minnatdorchilik bildirib qolamiz.