Yangiliklar

Equipment 370 26 Apr 2025

Gurlan tumanida buyrak ko'chirib o'tkazish murakkab jarroxlik amaliyoti o'tkazildi.

Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida Gurlan tumani tibbiyot birlashmasida buyuk yutuq – buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Mazkur operatsiya Akademik V. Vahidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy xirurgiya markazi, viloyat Ko`p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Gurlan tuman Tibbiyot birlashmasi jamoasining hamkorlikdagi saʼy-harakatlari natijasida amalga oshirildi.

Ushbu muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotlari Muhtaram Prezidentimizning tibbiyot sohasida amalga oshirayotgan keng qamrovli islohotlarining yorqin ifodasi bo‘lib, yurtimizda yuqori texnologik tibbiy xizmatlarning rivojlanayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa, viloyat va tumanlarda yuqori malakali tibbiy xizmatlarning joriy qilinishi xalqning sog‘lom turmush tarzini taʼminlashga xizmat qilmoqda.