Yangiliklar
 
							                            Sogʼliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʼi bilan Gʼafurov Аbduvoitjon Huseynovich Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
41 yoshli A.G‘afurov iqtisodchi va dasturchi-muhandis mutaxassisligiga ega.
U o‘z faoliyati davomida qator xususiy sektor korxonalarida texnik, ijrochi va bosh direktor kabi rahbarlik lavozimlarida ish olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentimizning shu yil 16 iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxo‘jaliklar negizida Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali tashkil qilingan edi.
A.G‘afurov rahbar etib tayinlangan mazkur tuzilma sog‘liqni saqlash sohasida tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi sifatida faoliyat yuritadi.
Shuningdek, yuqoridagi qarorda tuzilmaga mamlakat bo‘ylab tez tibbiy yordam bo‘yicha yagona elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi va yagona “Call-markaz”lar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tez tibbiy yordam avtotransport vositalarini radioaloqa vositalari va GPS-trekerlar bilan, tez tibbiy yordam brigadalarini planshetlar bilan to‘liq taʼminlash, qisqasi, IT-texnologiyalardan samarali foydalangan holda tizimni unikal ko‘rinishga keltirish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
 
                              