Yangiliklar
Xamshira 2024 ko`rik tanlovi o`tkazildi.
VKTTM da Xamshira 2024 ko‘rik tanlovi 1 tur bo‘yicha markazimizda 04.04.2024 yil kuni bo‘lib o‘tdi. Bunda markazimizdan 7 xamshira tanlab olinib, shundan g‘olib deb topilgani viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani kiritish uchun ko‘rik tanlovda ishtirok etishdi. Tanlovda 7 ta xamshira 28 yoshgacha, ish staji 3 yildan kam bo‘lmagan xamshiralar qatnashdi. Tanlov 4 bosqichda bo‘lib o‘ti. Xakamlarni baxolashi bo‘yicha VKTTM xamshira 2024 ko‘rik tanlovda 3 o‘ringa nefrologiya va dializ bo‘lim xamshirasi Shomuratova Maxliyo, 2 o‘ringa lor bo‘limi xamshirasi Yakubova Feruza, 1 chi o‘ringa intensiv terapiya bo‘limi xamshirasi Jumaboyeva Barchinoy munosib deb topildi. G‘olib deb topilgan hamshiralarga certifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi. Birinchi o‘rinni olgan xamshiramizga keyingi viloyat va respublikada xam yuqori o‘rinlarni egallashi uchun omad yor bo‘lishini tilaymiz